Maxfiylik haqida
Hisobingiz va xaridlaringiz uchun kerakli ma’lumotlar.
Hisobda ism, email, parol xeshi va yoqilgan bo‘lsa shifrlangan 2FA kaliti saqlanadi. Saqlangan mahsulotlar, sharhlar, muammo xabarlari va yuklashlar hisobga bog‘lanadi. Sessiya cookie-fayli tizimga kirish uchun ishlatiladi; reklama trekerlari qo‘shilmagan.
Xaridda tanlangan tarif, o‘sha paytdagi narx va shartlar, buyurtma holati, foydalanuvchi kiritgan to‘lov izohi va shifrlangan litsenziya kaliti saqlanadi. Portal karta paroli yoki SMS kodini so‘ramaydi. To‘lov xizmati o‘z maxfiylik shartlariga ega.
Avtomatik litsenziya ulansa, GModeler boshqaruv serveriga buyurtma raqami, muddat va qurilma limiti yuboriladi. Ilovadagi qurilma aktivatsiyasi boshqaruv serverining alohida jarayoni orqali bajariladi.
Suiiste’molni cheklash uchun IP manzil HMAC ko‘rinishida qayd etiladi. Hosting jurnallari alohida saqlanishi mumkin. Texnik limitlar va jurnallarni tozalash davri hostingdagi sozlamalarga bog‘liq.
Ma’lumot nusxasi, tuzatish yoki hisobni yopish uchun yordam xizmatiga yozing. Buyurtma va litsenziya yozuvlari bor hisobni yopish talabi alohida ko‘rib chiqiladi; amaldagi litsenziya va zarur xarid yozuvlari bo‘yicha tartib sizga tushuntiriladi.
Bosh sahifaga qaytish